Quyida Sizlarga Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro loyihalar haqida ma'lumot beriladi.
1. Erasmus + Oliy ta'lim hamkorlik dasturi
Erasmus+ dasturi - ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo’yicha 2014-2020 yillar uchun mo’ljallangan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir. Erasmus+ dasturi oldingi 7ta dasturlarni o’z ichiga qamrab oldi:
Ushbu dasturning turli yo’nalishlari bo’yicha Yevopa davlatlari va Hamkor-davlatlar o’rtasida hamkorlik o’rnatish va uni moliyalashtirish imkoniyatini beradi. Erasmus+ xalqaro targ’ibotni (Hamkor-davlatlar bilan hamkorlik), xususan oliy ta'lim va yoshlar yo’nalishlarni o’z ichiga qamrab olgan.
Oliy ta'lim sohasida Erasmus+ Hamkor-davlatlar bilan hamkorlik qilishga qaratilgan quyidagi asosiy yo'nalishlarni qo'llab-quvvatlaydi:
Dastur-davlatlari: Erasmus+ dasturining barcha yo’nalishlari bo’yicha to'liq ishtirok etishi mumkin bo’lgan davlatlar: Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlatlar va 5 Yevropa Ittifoqiga az’o bo'lmagan davlatlar (Makedoniya (sobiq Yugoslav Respublikasi), Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Turkiya).
Hamkor-davlatlar esadasturningma’lum yo’nalishlar bo’yicha ishtirok etishlari mumkin, ular quidagilar Sharqiy Yevropa, Janubiy O'rta yer dengizi mamlakatlari, G'arbiy Bolqon, Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari.
“Horizon Europe” — Yevropa Ittifoqining 2021-2027-yillarga moʻljallangan 95,5 milliard yevrolik tadqiqot va innovatsion grand dasturi boʻlib, Horizon 2020 dasturining davomi hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar Horizon Europe eng yirik tadqiqot va innovatsion dastur boʻlib kelmoqda. Horizon Europe ishchi dasturi Yevropa Ittifoqining 2021-2024-yillarga moʻljallangan tadqiqot va innovatsion ustuvorliklarini belgilash uchun 2021-yil mart oyida qabul qilingan Horizon Europe strategik rejasiga asoslanadi. Moliyalashtirishning katta qismi ishchi dasturlarda belgilangan tanlov takliflari asosida ajratiladi.
2021-yil boshidan dasturning fevral oyida Horizon Europe Komissiya doirasida birinchi Yevropa tadqiqot kengashi chaqiruvlarini va mart oyida Yevropa innovatsion kengashining yangi moliyalashtirish imkoniyatlarini ishga tushirdi. Bundan tashqari, aprel oyida koronavirus variantlari boʻyicha tadqiqot va innovatsiyalar uchun 123 million yevroni safarbar qildi. Shuningdek, boshqa birinchi takliflar 22-iyun kuni Komissiyaning Moliyalashtirish va tender oʻtkazish portalida yoʻlga qoʻyiladi. 23 va 24-iyun kunlari boʻlib oʻtadigan Yevropa tadqiqot va innovatsiya kunlari siyosatchilar, tadqiqotchilar, innovatorlar va fuqarolar oʻrtasida Horizon Europe mavzusini muhokama qilish rejalashtirilgan. Horizon Europe ning dasturiga asosan salohiyatli izlanuvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” 28-iyundan 9-iyulgacha davom etadi.