Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Ariza.
- Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
- Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis, topshirmoqchi bo’lgan OTM ilmiy bo’limi tomonidan - Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
- IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar (mavjud boʻlsa)
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi phd.mininnovation.uz orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Ma'lumot uchun: Tayanch doktoranturada o'qish uchun talabgor chet tili bo'yicha ham kirish imtihoni topshiradi. Sizni ushbu imtihondan ozod etishlari mumkin, agar Sizda quyidagi sertifikatlardan biri mavjud bo'lsa:
✅ IELTS (o'rtacha balli kamida 5,5);
✅ TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo'lmagan);
✅ TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo'lmagan);
✅ CEFR (V2 darajadan past bo'lmagan).