2022-yilning 21-oktabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bolib o‘tdi. Ijodiy kechada O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari shoir G‘ani Mahmud, yozuvchi Vosidahmad, Andijon o‘g‘loni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi, ijodkor A.Abdurahmonov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandalari A.Abdulxayev, J.Tojiboyev, fakultet dekani A.Raximov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri X.Jo‘rabekovalar ishtirok etishdi. Tadbirni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi noshlig‘i M.Xaliqova olib bordi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan tilning millat bo‘lishimizdagi o‘rni, uni asl holda saqlash borasida qilinayotgan ishlar, tilimizning kelib chiqish tarixi haqida so‘z bordi. Tilimizni ulug‘lovchi, uning qadr-qimmatini namoyon etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek iqtiorli talabalarimiz tomonidan she’rlar monologlar ijro etildi. Fakultet talabalari tomonidan ijro etilgan “Andijon polkasi” raqsi esa ishtirokchilarning kayfiyatlarini yanada yuqoriga ko‘tardi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalarga shoirlar hamda fakultet dekanati tomonidan kitoblar, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati