Yangiliklar

Image

Institutimiz dotsenti “Innovatsion g’oyalar yetakchisi” ko’krak nishoni sohibi bo’ldi.

 

Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini Baymirzayev Akbarjon Rustamjan o‘g‘li “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishonining 2022-yilgi gʻolibi bo’ldi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-oktyabrdagi 786-son qarori bilan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan.

 Joriy yil respublika miqyosida 419 ta loyihalar ko'rib chiqilgan bo'lib, yakunida Respublika Komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar va Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSdan 1nafar nomzodlar “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni g'olibi deb topildi

Ushbu yutuq bilan Akbarshox Baymirzayevni qutlaymiz hamda keyingi ilmiy faoliyatida bundan ham katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz

 

 

 

 


Andijon  mashinasozlik instituti

Axborot xizmati

Qidirish