Yangiliklar

Image

Institutda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-oktabr kuni Avtomobilsozlik fakulteti anjumanlar zalida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Andijon shahar 4-son IIB boshlig‘i mayor M.Soliyev, Milliy gvardiya boshqarmasi psixologi katta leytenant Sh.Balganova, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi R.Yusupova, Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri I.Sirojiddinova, institut profilaktika inspektori I.Qaxxorov hamda Avtomobilsozlik, Iqtisodiyot fakultetlari talaba qizlari ishtirok etishdi. 

 

 

 

Zo‘ravonlik kimga qilinishidan qat’iy nazar ham diniy qadriyatlarimiz ham qonuniy jihatdan qoralangan holatdir. Ana shunday holatni esa opa-singillarimiz, onalarimizga qilinishi esa qabul qilib bo‘lmas ishlardan biridir. Biroq jamiyatda yaxshi insonlar qatorida zo‘ravonlik qiluvchilar ham bor. Bugungi kunda mamlakatimizda maishiy (oilaviy) zo‘ravonlik dolzarb muammolardan biri sanaladi. Ammo ushbu zo‘ravonlikka uchraganlar turli gap so‘zlardan qo‘rqib har doim ham xabar bera olmaydi. Oldimizda turgan muhim masalalardan biri ham ushbu muammoga samarali yechim topishdir.

 Bugungi davra suhbatida shu masala yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Jamoat xavfsizligi xodimlari tomonidan talaba qizlarimizga zo‘ravonlik holatlarida qanday yo‘l tutish kerakligi haqida ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, ustozlar tomonidan oilaviy masalalar yuzasidan o‘z hayotiy tajribalarini ulashdilar. Iqtidorli talaba qizlarimiz tomonidan maishiy zo‘ravonlik aks etgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Shuningdek mavzu yuzasidan talabalarning ham fikrlari tinglanib, ular tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Andijon mashinasozlik instituti

Axborot xizmati

Qidirish