Joriy yilning 19-oktabr kuni 21-oktabr “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan institut axborot-resurs markazida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi hamda Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi hamkorlikda “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” mavzusida insholar tanlov boʻlib oʻtdi. Tanlovda barcha fakultetlardan 20 dan ortiq talaba ishtirok etdi.
Andijon mashinasozlik instituti
Axborot xizmati