Yangiliklar

Image

Universitetlarning ilmiy va innovatsion faoliyati bo'yicha birinchi xalqaro forumi bo'lib o'tdi

18 oktyabr kuni «InnoWeek.Uz-2022» Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida “Universitetlarning ilmiy va innovatsion faoliyati bo'yicha birinchi xalqaro  forumi” bo'lib o'tdi.
Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova ochib berdi. 

Ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatida ijobiy tendentsiya kuzatilib, so'nggi uch yilda ilmiy-tadqiqot faoliyatidan 2017 yildagi 49,7 mlrd so'mdan 193,3 mlrd so'mga etdi.
Hozirgi kunda 60 ta oliy ta'lim muassasalarida OTMda faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilarining davlat grantlari asosida o'tkazilayotgan tadqiqotlardan olingan mablag'lari 295 mlrd 949,6 mln so'mni tashkil etmoqda, – dedi Sh.Turdiqulova.
Forumda tabrik so'zi bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining fan va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari Hakimov Rahimjon Rasuljonovich ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalari rektorlari hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektorlari, shu jumladan institutimizning llmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori prof. Ulug'bek Madrahimov ham ishtirok etdi. Ushbu forumga, shuningdek, 10 nafar xorijlik mehmonlar taklif etildi.
 “Universitetlarning ilmiy va innovatsion faoliyati bo'yicha birinchi xalqaro  forumi” o'tkazilishidan asosiy maqsad globallashuv davrida oliy ta'lim muassasalarida ilmiy va innovatsion faoliyatda ro'y berayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish va birgalikda sohaga doir muammolar echimini topish; moliyaviy mustaqillikka erishgan universitetlarning ilm-fan va innovatsiyalar, shuningdek, tijoratlashtirish orqali o'z-o'zini boshqarishda duch kelayotgan muammolarni birgalikda hal qilish; ilm-fan, innovatsiya hamda tijoratlashtirish bo'yicha xorijiy ekspertlar tajribalarini o'rganishdan iborat.
Forum yakunida xorijiy universitetlar bilan shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (mininnovation.uz)

Qidirish