ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI HAMDA UZAVTOSANOAT KORXONASI HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA
Joriy yilning 22-aprel kuni UzAvtosanoat Boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari F.R.To‘rayev Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Dastlab Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti grafik dasturlar xonalari, binoda joylashgan diagnostika markazi hamda laboratoriya uskunalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng Avtomobilsozlik fakulteti binosida joylashgan SYNERGY loyihasi doirasida yaratilgan virtual avtomobillar yig‘uv sexi, hozirda qurilishi davom etayotgan o'quv-amaliyot binosini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida Andijon mashinasozlik instituti hamda UzAvtosanoat Aksyiadorlik Kompaniyasi o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.