Yangiliklar

Image

VIDEO: O‘quv adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish va nashr guvohnomasini rasmiylashtirish raqamlashtirildi

Endilikda adabiyot.edu.uz platformasi orqali professor-o‘qituvchi va pedagog xodimlar o‘zlari yaratgan o‘quv adabiyotlar (o‘quv qo‘llanma yoki darsliklar)ni ekspertizadan o‘tkazish uchun onlayn yuborish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tizim ushbu jarayonlarni ochiq va shaffof tashkil etishga hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.

Platformadan foydalanish bo‘yicha savol va takliflar adabiyot.edu.uzda tashkil etilgan onlayn chat yoki @AdabiyotEduUzBot Telegram boti orqali qabul qilinadi.

Manba: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

Qidirish