Yangiliklar

Image

Institutimizning loyiha a’zolari GREENDT loyihasining ochilish uchrashuvida ishtirok etishdi.

Institutimizning loyiha a’zolari GREENDT loyihasining ochilish uchrashuvida ishtirok etishdi.

 

2025 yilning 18-20-fevral sanalarida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “GREENDT: Implementing Master Degrees in Environmental Engineering through Sustainable Transition and Societal Change” loyihaning ishtirokchi vakillarining birinchi uchrashuvi Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetida tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda Portugaliyaning Polytechnic Institute of Viana do Castelo (IPVC) va University of Aveiro (UAveiro), Ispaniyaning Universidade de Vigo (UVigo) va Fundacion Empresa-Universidad Gallega (FEUGA) universitetlari bilan bir qatorda O’zbekistonning 5 ta OTM: Kimyo Xalqaro Universiteti, Andijon Davlat Texnika Instituti, Jizzah Politexnika Instituti, Farg‘ona Davlat Texnika Universiteti va Yashil Universitet vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillarining tashrifi va ularning loyihaning to’liq a’zoligi ta’minlandi.

Loyihaning birinchi kunida Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi janob Toivo Klaar nutqi bilan boshlandi. Loyihaning bosh kordinatori IPVC vakili professor Duarte Alvis loyihaning barcha ishtirokchilariga loyiha haqida to’liq ma’lumot berdi.

6

   

Kunning ikkinchi yarmida loyiha a’zolari o‘zlari loyiha doirasida imkoniyatlarini taqdimot orqali ko’rsatib berdi. ASTI dan Mehnatni muhofaza qilish kafedrasi professori Qobulova Nilufarxon va Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi tayanch doktoranti Raxmatillayev Javlonbek nutq so’zlab loyiha doirasidagi mavjud imkoniyat va natijalarni ishtirokchilarga taqdim etdi.

 

Loyihaning ikkinchi kuni loyihaning 7 ta bosqichi haqida har bir OTM taqdimoti muhokama qilindi.

Yug‘ilishing 3-kuni loyiha doirasida tashkil qilinadigan Muhandis-D ko’zgarmasida ishtirok etish bilan yakunlanadi.

 

 

GREENDT loyihasi haqida qisqacha ma’lumot

Yevropa Ittifoqining xalqaro Erasmus+ grand dasturi tomonidan moliyalashtirilgan 101179013 - ERASMUS-EDU-2024-CBHE-STRAND-2 GREENDT - “Barqaror o‘tish va ijtimoiy o‘zgarishlar orqali atrof-muhit muhandisligi magistrlik dasturini ishlab chiqish” (Implementing environmental engineering master degrees through sustainable transition and societal change) loyihasini amalga oshirishda Partugaliya va Ispaniya mamlakatlarining 4 ta oliy ta`lim muassasalari (OTM) bilan hamkorlikda 5 ta O‘zbekiston OTMlari va 2 ta vazirliklar ishtirok etishmoqda.

Loyihaning umumiy byudjeti 756,251.61 € ni tashkil etadi.

Loyihani bajarilish muddati 36 oy bo‘lib, 2024 yil 1 dekabrdan 2027 yil 31 noyabr oylari davomida amalga oshiriladi.

Loyihaning maqsadlari. GREENDTning asosiy maqsadi Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari (OTM) xodimlari va talabalariga Yevropa Ittifoqi (EI) oliy oʻquv yurtlaridan bilimlarni oʻtkazish yoʻli bilan atrof-muhitni muhofaza qilish muhandisligi (EE) yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirishdan iborat. Ushbu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilishda barqaror otishni maqsad qilgan Yevropa Komissiyasining Yashil kelishuv ustuvorligiga mos keladi. Asosiy etibor innovatsion talim dasturini (magistratura) ishlab chiqish orqali Ozbekiston OTM talabalarining malaka va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Ushbu dastur ilg‘or tajriba almashish, O‘zbekiston va Yevropa oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida EE bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va talabalarning tadbirkorlik faolligini oshirish, shu orqali innovatsiyalar orqali ularning bandligini oshirishga qaratilgan.

Loyihaning maqsadlari:

• Mehnat bozori, sanoat va Yevropa Ittifoqi hamkori OTM tajribalari uchun ahamiyatini oshirish uchun Atrof-muhit muhandisligi (EE) boʻyicha Yashil bitimga moslashtirilgan magistratura oʻquv dasturini ishlab chiqish;

• Natijalar va koʻrsatkichlar mavjud taʼlim standartlarini tahlil qilish, innovatsion magistratura oʻquv dasturi va oʻquv materiallarini ishlab chiqish, Yevropa Ittifoqi OTMlari bilan mobillik boʻyicha kelishuvlar tuzish va taʼlim boʻyicha tavsiyalar yaratishni oʻz ichiga oladi;

• EE-Lab standartlarini ishlab chiqish va barcha 5 UZ OTMda EE-laboratoriyalarini tashkil etish, tadqiqot, ilmiy hamkorlik va sanoatni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlash;

• Natijalar va ko‘rsatkichlar atrof-muhit laboratoriyalarini tadqiq etish, EE-laboratoriya standartlarini ishlab chiqish, maxsus jihozlarga ega 5 ta EE-laboratoriyani tashkil etish va talabalarni tadqiqot faoliyatiga jalb qilishni o‘z ichiga oladi;

• Innovatsion usullar va AKTga asoslangan o‘qitishni o‘z ichiga olgan EE ta’lim va fanida raqamli transformatsiyani amalga oshirish;

• Natijalar va ko‘rsatkichlar raqamli ko‘nikmalardagi bo‘shliqni bartaraf etish, masofaviy ta’lim va raqamli savodxonlikni rivojlantirish, ma’lumotlar infratuzilmasiga e’tibor qaratish, baholash mexanizmlarini takomillashtirish va o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar va tadqiqotchilar uchun raqamli kompetentsiya darajasini oshirishni o‘z ichiga oladi.

Kutilgan natijalar:

• 1 AKTS- EE magistrlik darajalarining akkreditatsiyasi;

• Magistratura uchun 12 ta yangi rivojlanish kurslari;

• Didaktik materiallar yaratish;

• 5 ta yangi EE laboratoriyalarini (KIUT, JizPI, FerPI, ASTI, CAGU) tashkil etish;

• 1 ta elektron oʻquv platformasi (Ushbu onlayn platforma barcha oʻquvchilar uchun bepul boʻladi);

• 1 ta veb-platforma (Veb-sayt keng jamoatchilikni loyiha hayoti, uchrashuvlar, treninglar, vebinarlar va muhim voqealar haqida xabardor qilishga qaratilgan bo'ladi);

• 1 ta elektron jamiyat platformasi (O‘zbekistonda ekologik muammolarni hal qilish va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlikdagi yechimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun elektron jamiyatni tashkil etish);

• Talabalarning harakatchanligi uchun sharoit yaratish.

Qidirish