Yangiliklar

Image

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, kiberjinoyatlar hamda boshqa yot g‘oyalar ta’siridan saqlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jamoat xavfsizlik xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori, mayor Farhodbek Ergashev, institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muhtaramxon Haliqovalar so‘zga chiqdi.

Tadbirda diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan tarqatilayotgan g‘oyalarning jamiyatimiz tinchligi va xavfsizligiga soladigan tahdidlarini bartaraf etish, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dinlar va millatlararo munosabatlarni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mavzu doirasida hayotiy misollar asosida keng ma’lumot, tushunchalar berildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarimiz faol va fidoyi bo‘lishlari, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib kamol topishlari muhim ekanligi alohida qayd etildi.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan yoshlarning ogohligini oshirish, turli yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetini mustahkamlash, mavzu doirasidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Qidirish