Millatni millat qiladigan, yurtni davlatlar orasida o‘z o‘rni, o‘z so‘zi bo‘lishini ta’minlashda kitobxonlikning o‘rni beqiyos. Shu sababdan ham Muhtaram Yurtboshimiz o‘z faoliyatini boshlagan davrdayoq ilk e’tiborini yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha tashabbusdan boshlagan.
Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida talabalarning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish uchun "Kitobxonlik karvoni" nomli yangi loyiha ishga tushirildi.
Loyiha doirasidagi ilk uchrashuvda fakultet dekani, iqtisod fanlari falsafa doktori, dotsent Mahmudjon Muxtorov ishtirok etdi.