Andijon mashinasozlik instituti Kengashining 2024-2025-o‘quv yilidagi oltinchi son yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda prorektorlarning “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi, Prezidentimizning 2019-yil 25-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan institutda amalga oshirilgan ishlar, Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2024-yildagi hisoboti tinglandi. Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritiladigan fanlar hamda Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2025-yil uchun ish rejasini tasdiqlandi.
Shuningdek doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning monitoring natijalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari yig‘ilish davomida turli masalalar ko‘rib chiqilib, institutning ilmiy va amaliy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim qarorlar qabul qilindi.