Tadbir Prezidentimizning “2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada mumtoz adabiyotimiz namoyondalariga tegishli “Uyg‘onish” hamda jadidlarimiz hayotiy faoliyatlarini aks ettiruvchi “Jadidlar” to‘plamlari va eng sara asarlar namoyish etildi.
Tadbir davomida ARM AKT bo‘yicha yetakchi mutaxassisi B. Mirzayeva Alisher Navoiy, Xorazmiy, Forobiy, jadidchilarimiz Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy kitoblari haqida talabalarga taqdimot qildi.