Unda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlar va dekan o‘rinbosarlari, ijtimoiy-gumanitar kafedralarining professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, “Qalqon” guruhi a’zolari, profilaktika inspektori, psixologlar ishtirok etdi. Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti jamoasi ham videokonferensiya orqali ishtirok etdi.
Taqdimotda yoshlar orasida psixofaol moddalar savdosining oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va bu boradagi zamonaviy usullar muhokama qilindi.