Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida “Giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop moddalarning organizmga zararli ta’siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, respublika ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Muhtaramxon Xaliqova so‘zga chiqib bugungi kunda global muammoga aylangan xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi giyohvandlik balosi haqida so‘zlab, o‘z hayotiga o‘zi zomin bo‘lgan insonlar haqida misollar bilan tushunchalar berdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan viloyat narkologiya dispanseri yetakchi mutaxassisi Shuhrat To‘raqulov va muassasa shifokori Jonona Mamadaliyevalar giyohvandlikning zararli illatlari, uning oqibatida kelib chiqadigan turli jinoyat va huquqbuzarliklar, jamiyat rivojiga va inson salomatligiga yetkaziladigan zararlar, farzandlarning nogiron va nuqsonlar bilan tug‘ilishi bilan bog‘liq oqibatlari haqida to‘xtalishdi.

Shuningdek, viloyat narkologiya dispanseri shifokori Iftixor Shermatov Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar va ular uchun javobgarlik belgilanganligi haqida ma’lumot berishib, ogohlikka chaqirishdi.

Shuningdek, uchrashuvda mutaxassislar ushbu xatar nafaqat insoniyat salomatligi, taqdiri va hatto kelajagiga raxna solayotgani sir emasligi, unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari” to‘g‘risida uslubiy qo‘llanma hamda buklet, flayerlar tarqatildi.

Qidirish