Yangiliklar

Image

Institut faoliyati “Qog‘ozsiz ish yuritish tamoyili” asosida amalga oshiriladi

Andijon mashinasozlik institutida “Qog‘ozsiz ish yuritish tamoyili” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tizimida hujjatlar almashinuvi jarayonini raqamlashtirish va “Qog‘ozsiz ish yuritish tamoyili”ni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminarda rektorat mas’ullari, prorektorlar, fakultetlar dekan va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va ish yurituvchilari, bo‘limlar boshliqlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda 2025-yil 6-yanvardan boshlab vazirlik, tizim tashkilotlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida barcha turdagi ichki hujjatlari elektron hujjat aylanish moduli orqali ishlab chiqilishi va imzolanishi shartligi ta’kidlandi.

Shuningdek, bundan buyon ichki hujjatlarni tegishli mas’ul bo‘linma va mas’ul ijrochilar bilan kelishish edo.ijro.uz moduli orqali amalga oshirilishi lozimligi tushuntirildi.

Platformadan qanday foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga moderatorlardan javob olishdi.

Qidirish