Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida o‘tkazildi.
Talabalarning jismoniy faolligini oshirish, ommaviy sport turlariga keng jalb qilish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida fakultetlardan harbiy xizmatga borgan talaba-yigitlardan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar savol-javob, turnik va arqon tortish hamda tosh ko‘tarish shartlari bo‘yicha bellashdilar.
Yakunda g‘oliblik Elektrotexnika fakulteti talabalariga nasib qildi. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Iqtisodiyot hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlarining yigitlari qo‘lga kiritdi.