Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti axborot-resurs markazida Elektrotexnika fakultetida “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va boshqa jarayonlarga daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Davra suhbatida Andijon shahar ichki ishlar  organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi  xodimi, mayor Fazliddin Yo‘ldashev, leytenant  Sarvarbek Ismoilov,  institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Respublika ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi  Muhtaram Xaliqova hamda institut  psixologi  Sevara  Madaminovalar ishtirok  etdi. 

Tadbirda moderatorlar tomonidan Ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yurt va xalq xavfsizligini qo‘riqlash yo‘lida mardlarcha xizmat qilayotganlar haqida so‘zlab, ichki ishlar akademiyalarida yaratilgan shart-sharoitlar, darslar, mashg‘ulotlar qanday o‘tishi, tartib-intizomni saqlashning ahamiyati haqida ham so‘z yuritib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytardi.

Qidirish