`Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, erkin ijodiy fikrlashlari hamda iqtidorlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda o‘ndan ortiq jamoalar ishtirok etdi.
Aksariyat harbiy sohaga oid ma’lumotlardan tuzilgan savollarga barcha jamoalarning a’zolari tez va to‘g‘ri javob berishga harakat qilishdi.
Sog‘lom raqobat va do‘stona ruhda o‘tgan bilimdonlar bellashuvida Iqtisodiyot fakultetining “Incredible” jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar esa Iqtisodiyot fakultetining “Estudiantes” hamda Avtomobilsozlik va transport fakultetining “Gold team” jamoalariga nasib qildi.