Yangiliklar

Image

O‘zbekiston iftixorlari bilan uchrashuv

Andijon mashinasozlik instituti axborot-resurs markazida Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XV Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, “O‘zbekiston iftixori” sohibi Muzaffar Tursunxo‘jayev hamda Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Mashhurbek Abdusamatovlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muhtaramxon Xaliqova, Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Rasuljon Mamatov hamda "Talaba" sport klubi raisi o‘rinbosari Azamatjon Xaitovlar aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali mustahkamlash, sportchilar zaxiralarini maqsadli tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashib, chempionlarning sport sohasida erishgan muvaffaqiyatlari bilan tanishtirdilar.