Yangiliklar

Image

Yigirma nafar talabamiz Xitoyda stajirovka o‘taydi

Andijon mashinasozlik institutida Andijon tumanida tashkil etilgan "Andijon lift" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev hamda korxona rahbari Mansurbek Amanov hamda uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda korxona tomonidan dekabr oyida o‘tkazilgan tanlovda institutning 100 nafarga yaqin talabalari orasidan 20 nafar yoshlar saralab olingani, ular kelgusida jamoaga qo‘shilishi qayd etildi. Korxonada ishchilarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar muhokama qilindi.

Jamoa safiga qo‘yilgan talabalar tez orada Xitoy xalq respublikasiga yigirma kunlik malaka oshirishga, ya’ni stajirovkaga yuborilishi, u yerda qisqa muddatda malakali, yetuk mutaxassislardan ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganishlari qayd etildi.

Uchrashuvda institut rektori korxona rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Yakunda kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qidirish