Navbatdagi ochiq mashg‘ulotlarda institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Fotimaxon Karimova hamda metrologiya va standartlashtirish kafedrasi professori Zafar Jo‘rayevlar moderator sifatida ishtirok etdi.
Treningda institut miqyosida xalqaro aloqalarning ta’lim sifatiga ta’siri, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalari va shartnomalar imzolash, ulardan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, xorijiy o‘qituvchi va talabalar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, xorijda stajirovka yoki malaka oshirishni tashkil etish, xorijiy hamkorlarni maqsadli tanlash, ular bilan aloqa o‘rnatish tartiblari, xorijga tayyorlanadigan shaxsiy hujjatlarni tayyorlash ishlari bo‘yicha taqdimot qilindi.
Bundan tashqari xorijiy grant va loyihalar uchun hujjatlarni tayyorlash hamda topshirish bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalar berildi.
Seminarlar davomida institutning xalqaro reytinglarda munosib o‘rnini topish tamoyillari haqida ma’lumot berilib, bu bo‘yicha amaliy mexanizmlar ishlab chiqish tartiblari muhokama qilindi.