2024-yilning 27-dekabr kuni Andijon mashinasozlik instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash holatini o‘rganish natijalari, ijro intizomi va hujjatlar nazorati hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida va fuqarolar murojaatlari monitoringi hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining 2024-yil bo‘yicha faoliyati yuzasidan hisoboti va 2025-yilga ish rejasini tasdiqlash masalalari, shuningdek doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning monitoring natijalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholashdagi norozilik bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish va talabalarning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tartibga solish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.