Yangiliklar

Image

Ilmiy kengashda bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar taqdirlandi

Andijon mashinasozlik instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.

Kengash avvalida institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev Kengash a’zolari va ular orqali barcha professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yakunlanib borayotgan 2024-yilda institutimizda yuz bergan muhim о‘zgarishlar, yutuqlarga boy yil sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olayotgani, shu barobarda, ushbu о‘zgarishlar va yangilanishlarga monand tarzda institut jamoasi ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishganini qayd etib о‘tdi.

Shundan so‘ng, ilmiy daraja hamda unvonlar bilan taqdirlangan professor-o‘qituvchilarga attestatlarni topshirib, ularning kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, yil davomida turli tanlovlarda hamda institut hayotida faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar diplom, tashakkurnoma va faxriy yorliqlarni topshirdi.