Yangiliklar

Image

Rektori va Atoqli olimlar stipendiyalariga tanlov e`lon qilinadi

Andijon mashinasozlik instituti Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi 2023-2024-oʻquv yili uchun Nomli institut rektori hamda Atoqli olimlar (M.A.Xadjinova (qizlar uchun), P.Xabibullayev, N.I.Tashlanov, I.N.Ermatov, T.K.Iminov) stipendiyalariga tanlov eʼlon qiladi. 
1) Nomli institut rektori stipendiyasi tanlovida institut magistratura hamda bakalavriat yoʻnalishida oʻqiyotgan (3-4 kurs bakalavrlar, 2-kurs magistrlar) iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin.
2) Atoqli olimlar stipendiyalari (M.A.Xadjinova (qizlar uchun), P.Xabibullayev, N.I.Tashlanov, I.N.Ermatov, T.K.Iminov) tanlovida esa institut magistratura hamda bakalavriat yoʻnalishida oʻqiyotgan (3-4 kurs bakalavrlar, 2-kurs magistrlar) iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Atoqli olimlar stipendiyalari har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan eng yuqori ball olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlovga talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
1. Maʼlumotnoma (obektivka).
2. Pasport nusxasi (rangli).
3. Reyting daftarchasidan koʻchirma. Har bir beti asliga toʻgʻriligini tasdigʻi sifatida dekan imzosi va muhri boʻlishi kerak.
4. Dekan tavsiyanomasi
5. Kafedra mudiri tavsiyanomasi.
6. Ilmiy rahbarining xulosasi (fikr-noma)
7. Ilmiy (ijodiy) ishlar nusxalari (maqola, tezis va x.k). 
8. Diplom, sertifikat va faxriy yorliqlar nusxalari va boshqa erishgan yutuqlar, fotosuratlar

Shu munosabat bilan, talabgor nomzodlar oʻz hujjatlarini ilmiy boʻlimga 2024-yil 14-noyabrga qadar elektron hamda qogʻoz variantda taqdim etishlari soʻraladi.
Koʻrsatilgan muddatdan kech qolgan talabgor hujjatlari qabul qilinmaydi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin:

Qidirish