Andijon mashinasozlik institutida 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev so‘z olib, bugungi kunda jahon miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanishini, mamlakatimizda bu borada ko‘plab xalqaro hujjatlar ham qabul qilinib, ular asosida ushbu illatga qarshi choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, universitet faoliyatining ochiqligini, shaffofligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.
Tadbir so‘nggida oylik doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi rasm”, “Aksilkorrupsiya bilimdoni” bellashuvi hamda insholar tanlovlari g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.