Xususan, mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tomonidan joylarda mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari, gullar ekilmoqda, yashil hududlar barpo etilmoqda.
Andijon tumanining Yangi Andijon massivi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi.
Unda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, viloyatdagi oliy va professional ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida viloyat rahbari xalqimizning “Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, xayrli va savobli ish” degan ibratli udumiga amal qilgan ko‘plab yurtdoshlarimiz ko‘chat ekish, hududlarni yashil makonga aylantirishdek xayrli ishda faol ishtirok etayotganini, viloyatda joriy yilda 15 million tupdan ziyod mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi mo‘ljallanganini alohida qayd etdi.
Ushbu xayrli tadbirda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev boshchiligida muassasa professor-o‘qituvchilari va talabalari manzarali daraxtlar ekish orqali o‘zlarining ezgu hissalarini qo‘shdilar.