Ushbu tanlovning asosiy maqsadi, talabalarining huquqiy bilimi va madaniyatini yanada oshirish orqali ularning ongida korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish hisoblanadi.
Dastlab korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muhtaram Xaliqovalar tomonidan mavzu haqida qisqa tushunchalar berildi.
Yozilgan insholar orqali talabalar fikrlarining ravon va to‘g‘ri ketma-ketlikda bayon etilgani, mavzuning to‘liq ochilgani, mavzuga oid faktlar va misollarning o‘rinli keltirilgani, keltirilgan faktlar, misollarga berilgan shaxsiy fikr-mulohazalarning o‘rinliligi, boshqa insholarga o‘xshamasligi va alohida ajralib turish darajasi, badiiy yondashuvning mavjudligi va boshqalar tekshiriladi.