Joriy yilning 22-aprel – 15-iyun kunlari Sport vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining 18-29 yoshdagi talabalari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlaridan o‘tkazildi.
Unda respublikamizdagi 212 ta Oliy ta’lim muassasalarining 150 tasida sport sinovlarini qabul qilish jarayonlari tashkil etilib, ularda tahsil olayotgan 155 ming nafar talabalar sport sinovlarini topshirish istagini bildirgan. Ularning 141 ming nafaridan sport sinovlari qabul qilindi. Sport sinovlarini topshirgan talabalardan 115 ming nafari natija qayd etgan. Shundan 2300 nafardan ziyodi Andijon mashinasozlik instituti talabalari.