Yangiliklar

Image

"Konstitutsiya - baxtimiz qomusi, taraqqiyotimiz poydevori" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Andijon mashinasozlik institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi, taraqqiyotimiz poydevori" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Muhammadqodir Somsaqov, Adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh mutaxassisi Saydulla Ubaydullayev, institut ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Muhtaramxon Haliqova hamda institut yoshlar yetakchisi Ilhomjon Qobulovlar ma’ruza qildi.

Davra suhbatida Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz istiqboli va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi roli haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyati, fuqarolarning unda mustahkamlab qo‘yilgan shaxsiy huquq va erkinliklari, burchlari hamda ijtimoiy munosabatlarda qonun ustuvorligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.