Yangiliklar

Image

Yaponiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

     Xabaringiz bor Ayni kunlarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan O‘zbekiston va Yaponiya rektorlarining IV forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumda Andijon mashinasozlik instituti nomidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Aliyev ishtirok etmoqda.

 

     Forum davomida S.Aliyev 28-sentabr kuni Vakayama Universiteti (Wakayama University) prezidenti  Itox Chixilo prorektori Adachi Motoxiro va xalqaro bo‘lim xodimi Nakamoto Kazuyelar bilan muzokara o‘tkazdi. Muzokaralarda Iqtisodiyot fakultetidagi ta’lim yo‘nalishlari va Mexotronika yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar almashinuvi bo‘yicha muhokamalar olib borilib, ikki OTM o‘rtasida kelishuvga erishildi. Shuningdek Tsukuba universiteti prorektori Karolayn F. Benton, dekan Tashinobu Usuyama va professor Ito Xironorilar bilan hamkorlik masalalari muhokama etilib, ushbu oliy ta’lim muassasai bilan ham bir qancha masalalarda kelishuvga erishildi. Xususan 2022-yilning oktabr oyida talabalar uchun onlayn seminar tashkil etish, Tsukuba universiteti professor-o‘qituvchilarini institutimiz o‘quv jarayoniga jalb etish shular jumlasidandir. 

 

 

     Bugungi kun uchrashuvlarga boy bo‘lib Kinjo Gakuin Universiteti dosenti Umida Ashurova bilan ham uchrashuv tashkil etilib Gakuin universiteti bilan hamkorlikda Andijon mashinasozlik instituti ijtimoiy sohasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

 


Andijon mashinasozlik instituti

Axborot xizmati

Qidirish