Yangiliklar

Image

"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Andijon mashinasozlik institutida joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Unda institut birinchi prorektori Akmal Ermatov, Andijon shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Yorqulov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida aholining yong‘inlarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish usullari haqidagi xabardorligini oshirish, yong‘in chiqqanda xavfsiz harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, yong‘inlarni bartaraf etishga tayyorgarlik ko‘rish haqida ma’lumotlar berildi. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Davra suhbati davomida baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

 

Qidirish