Andijon mashinasozlik institutida 16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan "Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik - umrboqiy qadriyat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Elektrotexnika hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlari dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nafisaxon Maraximova, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Mufazzal Qodirova hamda institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muxtaramxon Xaliqovalar mavzuga oid ma’ruzalar qildilar .
Ma’ruzachilar diniy bag‘rikenglik xalqimizga azaldan xos bo‘lgan ezgu fazilat ekanligi, talaba-yoshlar yurtimizda turli millat vakillarining hamjihatlikda turmush kechirayotganligi va millatlararo totuvlik, ahil va inoq bo‘lib yashashimiz uchun zamin yaratib berishini qalban anglab yetishi kerak ekanligi haqida alohida to‘xtalishdi.