Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakultetida "Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish" mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024/25-yillarga mo‘ljallangan " Milliy strategiyaning " ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimligi mas’ul xodimi Jamoldin Mansurov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv boshqarmasi xodimi Muxriddin Zaynobiddinov, viloyat narkologiya dispanseri shifokori, narkolog Baxtiyor Yusupov, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika inspektori, leytenant Muhammadrasul Abdupattayevlar ma’ruza qildilar.
Uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshirishi, ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Soha mutaxassislari ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar.