Yangiliklar

Image

Institutimizda FVV Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan profilaktik tadbir o‘tkazildi

2022-yilning 20-aprel kuni Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Andijon mashinasozlik instituti hamkorligida institutning asosiy binosida profilaktik tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda FVV mutaxassislari tomonidan yong‘in o‘chirishda hamda favqulodda vaziyatlarda foydalaniladigan asbob-uskuna, moslamalar talabalarga tanishtirildi. 

Shuningdek favqulodda sodir bo'lgan hodisalarda fuqarolarning qanday harakat qilishlari kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi. 

Profilaktik tadbir davomida kichik yong‘inlarni bartaraf etishda o‘t o‘chirish vositasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ravishda ko‘rsatib berildi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni evakuatsiya qilish jarayonlari talabalar ko‘z o‘ngida amalga oshirildi.

Qidirish