Yangiliklar

Image

Andijon shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan “Yurt bayrog‘i – millat g‘ururi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi,viloyat boshqarmalari, viloyatdagi harbiy qismlar, ichki ishlar, milliy gvardiya, o‘quvchi va talaba yoshlar, uyushmagan yoshlar vakillari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Ushbu tadbirda Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari  ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar yurtimiz bayrog‘i nafaqat O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzi, balki xalqimizning, shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan turli millat va elatlarning tinchligi, hamjihatligi timsoliga aylanganligi, u yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor tuyg‘usini solib, ularning tinchlikka, ezgulikka, ertangi kunga umid va ishonchini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muqaddas ramz ekanligini ta’kidladilar.

Tadbirda harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan musiqiy ohanglar barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir yakunida kuch tuzilmalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida parad bo‘lib o‘tdi.

Yurtimiz bayrog‘i qabul qilinganligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan bu kabi tadbirlar Andijonning barcha tuman va shaharlarida yuqori ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tmoqda.

Qidirish