Yangiliklar

Image

O‘zbekistonda avtomobil transportini rivojlantirish istiqbollari: loyihalash, ishlatish va logistika

Andijon mashinasozlik institutida "O‘zbekistonda avtomobil transportini rivojlantirish istiqbollari: loyihalash, ishlatish va logistika" mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkazildi.

Unda respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Janubiy Koreya, AQSH mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan universitetlarning professor-o‘qituvchilari va boshqa bir qator ilmiy tadqiqot institutlarining yetuk olimlari hamda tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Anjuman davomida avtomobil yo‘llari tarmog‘i va uning rivojlanish istiqbollari, avtomobilsozlik, transport ekologiyasi, transport logistikasi va xavfsiz harakatni tashkil etish va boshqarish mavzulari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. 

Shuningdek, viloyat transport, ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi hamda avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalarining boshliqlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar haqida  fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Anjumanda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan soha ishlar samaradorligini oshirish, ilg‘or, innovatsion g‘oya va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, xorijiy tajriba va ish uslublarini ommalashtirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya shu’balarga bo‘lingan holda davom etdi.

Anjuman so‘nggida sohada yutuqlarga erishayotgan va ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar va izlanuvchilar Sertifikat bilan taqdirlandi.

Qidirish