Yangiliklar

Image

AndMI pedagogik jamoasi hamda talabalari Yashil kelajak” umumrespublika marafonida faol

Yurtimizda yashil maskanlarni ko‘paytirish, ko‘chat ekish va ekologiyani yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, atrof-muhit musaffoligi va inson salomatligida yashillikning o‘rni beqiyos.

9-noyabrdan boshlab yurtimiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.

Ushbu obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish marafonida Andijon mashinasozlik instituti pedagogik jamoasi hamda talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

Kuni kecha loyiha doirasida institutning asosiy kampusi atrofidagi bo‘sh yer maydonlariga ishlov berilib, ko‘chatlar ekish uchun hozirlandi.

Shundan so‘ng institut professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari bilan birgalikda hududga manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Marafon doirasida ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, olimlar kuzda ko‘chat o‘tqazish bahordagidan ko‘ra qulayroq, samaraliroq ekanini aytishadi. Chunki, bu davr uzoqroq davom etadi. Kuzda o‘tqazilgan ko‘chatlarning ildizida qish davomida kallyuslar paydo bo‘ladi. Ular bahorda yaxshi tutib, tezroq o‘sa boshlaydi.  

Qidirish