Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakultetida 17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli yoshlari” mavzusida o‘tkaziladigan talabalar ilmiy-amaliy haftalik doirasida anjuman o‘tkazildi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosini ta’minlash, talabalarning olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targ‘ib etish, ularning ilm-fan rivoji yo‘lida munosib avlod bo‘lishdek ezgu intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Haftalik doirasida ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarda tahsil olayotgan talabalar o‘z bitiruv malakaviy ish mavzulari doirasida amalga oshirilgan faoliyatlari bo‘yicha ilmiy tezislar yozib, hisobot berishmoqda. Shuningdek, qatnashchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli ma’ruza va ma’lumotlar tayyorlab, dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha bahs-munozaralar uyushtirmoqdalar.
Ma’lumot uchun, tashkiliy qo‘mita tomonidan tuzilgan ekspert va tahrir hay’ati ijobiy baholagan va saralagan tezislar umumlashtirilib, tezislar to‘plami sifatida nashr etiladi. Anjumanda ijobiy baholangan ma’ruzalarga har bir sho‘ba bo‘yicha ishtirok etayotgan talabalarning o‘zlari g‘oliblarni belgilaydi.
Anjuman sho‘balarida qatnashgan har bir talabaga anjumanda ishtirok etganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi va o‘rin olgan talabalar diplom bilan taqdirlanadi.