Yangiliklar

Image

Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam piyoda yurildi

Davlatimiz rahbarining aholi o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan Andijon mashinasozlik institutida «Sog‘lom hayot uchun rektor bilan 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish marafoni uyushtirildi.

Avtomobilsozlik fakulteti binosidan start berilgan yurish marafonida institutning yuz nafardan ortiq rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Marafonda barcha talabalarning jismoniy faollik ko‘rsatayotgani quvonarli.