Andijon mashinasozlik institutida “Mashinasozlik ishlab chiqarish sanoatida raqamlashtirish muammolari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy–amaliy anjumani o‘tkazildi.
Unda mahalliy hamda xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari prof
essor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar hamda mashinasozlik sohasiga qiziquvchi talabalar ishtirok etdi.
Anjumanda so‘zga chiqqan institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Suhrobjon Aliyev mashinasozlik sanoatining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni muhimligini bildirib, bugungi kunda mashinasozlik ishlab chiqarishni raqamlashtirish muhim ekanligini bildirib, ushbu sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.