Yangiliklar

Image

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash, zamon talabi

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Chunonchi, ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti talabalari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati ham ushbu g‘oyaga qaratildi.

Unda institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, Respublika  " Ma’rifat " targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi  Muxtaramxon Xaliqova talabalarga ma’ruza qildi.

Tadbirda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, tinchlikning qadriga yetish kabi insoniy qadriyatlarni yoshlarning ongiga singdirish oldidagi burchlari, odob-axloq qoidalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari, bugun yoshlarning internet tarmoqlari orqali din niqobi ostidagi kimsalarning domiga tushib, aldanib qolmasliklari tushuntirib o‘tildi.

Davra suhbatida talabalar ham mavzu yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Qidirish