Yangiliklar

Image

Insholar tanlovi o‘tkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida "Ajdodlarga munosib farzand bo‘laylik!" shiori ostida insholar tanlovi o‘tkazildi. 

Unda barcha fakultetlardan o‘n nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. 

Yozilgan insholar orqali talabalar fikrlarining ravon va to‘g‘ri ketma-ketlikda bayon etilgani, mavzuning to‘liq ochilgani, mavzuga oid faktlar va misollarning o‘rinli keltirilgani, keltirilgan faktlar, misollarga berilgan shaxsiy fikr-mulohazalarning o‘rinliligi, boshqa insholarga o‘xshamasligi va alohida ajralib turish darajasi, badiiy yondashuvning mavjudligi va boshqalar tekshiriladi.

Tanlovga taqdim etilgan insholar O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining o‘z sohasida katta tajribaga ega professor-o‘qituvchilari tomonidan tahlil etilib baholanadi.

G‘oliblar 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni arafasida o‘tkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

Qidirish