Andijon mashinasozlik instituti Turkiya Respublikasining Karabuk universiteti bilan uzoq yillardan buyon akademik hamkorlik qilib keladi.
Hamkorlik mobaynida universitetning bir qancha olimlari va talabalari Andijon mashinasozlik institutida, institut professor-o‘qituvchilari va doktorantlaridan bir guruhi esa universitetda stajirovkalar o‘tadilar.
Kuni kecha institutimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari va doktorantlari Karabuk universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik bayonnomalari doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, birgalikda ilmiy loyihalar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Vakillarimiz fakultetlardagi dars jarayonlarini joyida kuzatish orqali Karabük universitetining ta’lim amaliyoti va tajribalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.