Yangiliklar

Image

Institutimiz kikbokschilari Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

Toshkent shahridagi “Mega sport” klubi zalida kikboksing bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.

Milliy gvardiya, Kikboksing assotsiatsiyasi, “Mega sport” klubi va bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada respublikamiz hamda qo‘shni mamlakatlardan mingdan ortiq yaqin mohir kikboks ustalari Point fighting, Lite contact, Kik lite, Lou kik, Ful contact, K1 yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Ushbu musobaqada Andijon mashinasozlik instituti sport klubi kikbokschilari ham ishtirok etdi.

Bahslarda qatnashgan vakillarimizdan Sunnatbek Yo‘ldoshev (51 kg), Nurmuhammad Abdurahimov (72 kg), Asadbek Mahmudov (57 kg), Diyorbek Soliyev (78 kg), Ilhomjon Safarov (70 kg), Ismigul Yusufjonova(61 kg)lar  kabi sportchilarimiz o‘z vaznlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Shuningdek, Sanjarbek Oqboyev 70 kg vazn toifasida ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Yakunda umumjamoa hisobida institutimiz kikbokschilari birinchi o‘rinni band etishdi. 

G‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan munosib tarzda taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, g‘alabaga erishgan sportchilarimizning barchasi Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Qidirish