Yangiliklar

Image

Belarus Milliy texnika universiteti bilan hamkorlik yanada yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Andijon mashinasozlik instituti uzoq yillik hamkori Belarus Milliy texnika universiteti bilan birgalikda doimiy ravishda ilm-fan va ta’lim yo‘nalishida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda va ijobiy natijalarga erishib kelmoqda.

Kuni kecha ushbu universitet filiali - Texnika, texnologiyalar va iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti direktori Denis Konapatskiy hamda filial direktor o‘rinbosari Tatyana Rijova institutga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institut mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ikki tomonlama ta’lim, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari bo‘yicha hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish, uslubiy va tarbiyaviy ishlarda tajriba almashish, darsliklar va o‘quv materiallari ishlab chiqish, fan va texnikaning turli yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish bo‘yicha ishlar muzokaralar olib borildi.

Qidirish