Yangiliklar

Image

Ona tili – millatning ruhidir

Anjumandan so‘ng “Milliy qadriyatlar” haftaligi doirasida “Ona tili – millatning ruhidir” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Unda o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilingan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.

Tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratildi.

 O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi ta’kidlandi.

Tadbirda ona tilimizni tarannum  etuvchi she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro qilinib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Qidirish