Yangiliklar

Image

O‘zbek tili va adabiyotining o‘rni, dolzarbligi va rivojlantirish muammolari

Andijon mashinasozlik institutida “Respublikamizda va dunyo hamjamiyatida o‘zbek tili va adabiyotining o‘rni, dolzarbligi va rivojlantirish muammolari” mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalarining filolog olimlari, tilshunoslar ishtirok etdi.

Anjumanda o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, davlat tilini rivojlantirish borasida  amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi muhim vazifalar haqida fikr almashildi.

Anjuman davomida “O‘zbek tilini sohalarda qo‘llanilishi: muammolar va yechimlar”, “Globallashuv sharoitida tillarni o‘qitishning innovatsion strategiyalari”, “Inklyuziv ta‟lim yo‘nalishida xorijiy tillarni o‘qitish muammolari”, “Ta‟lim sohasida raqamli texnologiyalar, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar”, “Ijtimoiy-iqtisodiy va texnika sohalarini rivojlantirishdagi muammolar va yechimlar” mavzularida ma’ruzalar eshitildi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya shu’balarga bo‘lingan holda davom etdi.

Anjuman so‘nggida sohada yutuqlarga erishayotgan va ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar va izlanuvchilar Sertifikat bilan taqdirlandi.

 

Qidirish