Yangiliklar

Image

“Yosh saylovchi - 2024” viktorinasi

Andijon mashinasozlik institutida yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Yosh saylovchi - 2024” viktorinasi o‘tkazildi.

Yoshlarning huquqiy-siyosiy savodxonligini oshirish, elektoral madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan viktorinada barcha fakultetlardan ellikdan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Viktorina talabalarning saylov qonunchiligiga oid bilimlarni yanada mustahkamlash uchun ayni muddao bo‘ldi.

Ushbu tadbirlarda yoshlar saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim jarayonlardan biri ekanligi, har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassamligiga yana bir bor amin bo‘lmoqda.

Qidirish